O‘zbekiston | 12:25 / 28.02.2018
26708
1 daqiqa o‘qiladi

TIV Aqto‘bedagi YTHda jabrlangan o‘zbekistonliklar bo‘yicha ma'lumot berdi

Foto: Instagram/zello.aktobe

O‘zbekiston elchixonasi Qozog‘istonning vakolatli organlari bilan birgalikda 2018 yil 26 fevralga o‘tar kechasi Aqto‘be viloyatida yo‘l-transport hodisasi natijasida jabrlangan O‘zbekiston fuqarolariga yordam berish bo‘yicha tegishli tadbirlarni amalga oshirdi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar bermoqda.

Hozirgi paytda avtobusda halokatga uchragan 25 nafar o‘zbekistonlik yo‘lovchilarga o‘z vataniga qaytishi uchun ko‘mak ko‘rsatilgan. Jabrlangan 7 nafar yurtdoshlarimiz Xromtau shahrining markaziy tuman kasalxonasidan davolanib chiqdi. Ularning sog‘lig‘i qoniqarli, deya baholanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Aqto‘beda avtobus ishtirokida YTH yuz bergani, O‘zbekiston fuqarolari jabrlangani xabar qilingandi.

Mavzuga oid