Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Trampning kuyoviga maxfiy ma'lumotlarga kirish darajasi pasaytirildi
Foto: Getty ImagesKevin Lamarque/Reuters
Oq uyning ba'zi xodimlariga, jumladan AQSh prezidenti Donald Trampning kuyovi va katta maslahatchisi Jared Kushnerga maxfiy ma'lumotlardan foydalanish ichki darajasi pasaytirildi. Bunga Oq uy apparati rahbari Jon Kelliga rasmiy shaxslarning milliy maxfiy ma'lumotlardan foydalanishi bo‘yicha yangi ayblovlar qo‘yilgani sabab bo‘ldi, deb xabar bermoqda CNN Kushner oilasidagi manbaga asosan.
Xabar qilinishicha, Kushner va Oq uy boshqa xodimlarining hujjatlardan foydalanish darajasi «o‘ta maxfiy»dan «maxfiy»ga tushirilgan. Bu esa ular ayni damda barcha ichki hujjatlardan foydalana olmasligini anglatadi.
Vaziyat bilan tanish manbaning ma'lum qilishicha, Kushner foydalanish darajasi pasaytirilganiga oid qarorga rozi va uni yana ko‘tarishlari uchun AQSh prezidentiga murojaat qilmaydi.
Mavzuga oid
19:38 / 03.12.2025
Moskvadagi muzokaralar: Uitkoff qisqichbaqali cheburek va pishloqli non yegan. Kreml boshqa narsalar haqida jim
11:53 / 12.11.2025
Belgradda - Trampning kuyovi mehmonxonasiga qarshi ko‘p ming kishilik norozilik
23:06 / 07.05.2025
Albaniya Trampning kuyoviga tegishli kurort qurilishini ma’qulladi
01:05 / 23.08.2020