O‘zbekiston | 13:10 / 28.02.2018
3876
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Vengriya 2018-2020 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturini imzoladi

Foto: Tashqi ishlar vazirligi

2018 yilning 27 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi Budapesht shahrida Vengriya tashqi iqtisodiy aloqalar va tashqi ishlar vaziri Peter Siyarto bilan uchrashdi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar bermoqda.

Uchrashuvda ikki tomonlama shaklda va O‘zbekiston – Yevropa Ittifoqi muloqoti doirasida O‘zbekiston va Vengriya o‘rtasidagi munosabatlarni faollashtirish yo‘llari va mexanizmlari yuzasidan fikr almashildi.

Suhbat chog‘ida turli darajalarda bo‘lajak O‘zbekiston-Vengriya uchrashuvlariga, jumladan vazirliklararo maslahatlashuvlarning navbatdagi raundi va Iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning 5-majlisini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rishning amaliy masalalari muhokama qilindi.

Muzokaralar yakuniga ko‘ra O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi va Vengriya Tashqi iqtisodiy aloqalar va tashqi ishlar vazirligi o‘rtasida 2018-2020 yillarga mo‘ljallangan Hamkorlik dasturi imzolandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid