Sport | 09:40 / 01.03.2018
8656
2 daqiqa o‘qiladi

«Atletiko» yirik g‘alabaga erishdi, barcha gollarni Grizmann urdi

Ispaniya chempionatining 26-turida Madridning «Atletiko» klubi «Leganes»ni 4:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. O‘yindagi barcha gollar «matraschilar»ning fransiyalik hujumchisi Antuan Grizmann nomiga yozildi. 

Madridliklar La Liganing ketma-ket ikki o‘yinida yirik g‘alabaga erishmoqda. O‘tgan turda «Sevilya»ni 5:2 hisobida taslim etilgan, o‘sha o‘yinda Antuan Grizmann 3 ta gol urishga erishgandi.

Navbatdagi g‘alabadan keyin «Atletiko» turnir jadvalida «Real»dan 10 ochko o‘zib ketdi. Bir kun avval «Qirollik klubi» Barselonaga tashrif buyurib, «Espanol»ga imkoniyatni boy bergandi.

Mavsum boshini diskvalifikatsiya tufayli o‘tkazib yuborgan Grizmann chempionat to‘purarlari poygasida to‘rtinchi o‘ringa ko‘tarildi, uning urgan gollari soni 15taga yetgan, u 14ta gol urgan Krishtianu Ronalduni quvib o‘tdi.

«Barselona» bilan oradagi farq esa 4 ochkoga qisqardi. 

Ispaniya chempionati
26-tur

Atletiko – Leganes 4:0 (2:0, 2:0)
Gollar: 1:0 – 26 Grizmann, 2:0 – 35 Grizmann, 3:0 – 56 Grizmann, 4:0 – 67 Grizmann.
Atletiko – Oblak, Xuanfran, Ximenes, Godin, Filipe Luis, Koke, Parti (Vitolo, 60), Saul, Korrea, Grizmann (Gameyro, 73), Diyego Kosta (Torres, 73).
Leganes – Kuelyar, Bustinsa, Mantovani, Munos, Riko (Amrabat, 46), Ramos, Gumbau, Pires (Moso, 46), Raul Garsiya, Eraso (Naranxo, 56), Gerrero.
Ogohlantirishlar: Gumbau (53), Grizmann (69), Ramos (82), Bustinsa (86).

Mavzuga oid