Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiyada deyarli 150 kishi qor tufayli tunni poyezdda o‘tkazdi
Fransiya janubidagi vokzal binosini kuchli qor tufayli tark eta olmagan taxminan 140 kishi TGV tezyurar poyezdida tunni o‘tkazishga majbur bo‘ldi, deb xabar bermoqda BFMTV telekanali.
Telekanal muxbiri so‘zlariga ko‘ra, chorshanba kuni kechqurun Ero departamenti politsiya prefekturasi Monpeledagi Sen-Rosh vokzali binosini kuchli qor tufayli tark eta olmagan yo‘lovchilarga tezyurar poyezdi sostavini taqdim etish haqida ko‘rsatma berdi. Umumiy hisobda taxminan 140 kishi tongni poyezdda qarshi olishga majbur bo‘ldi.
Telekanal xabariga ko‘ra, payshanba kuni ertalab shaharda avtotransport harakati asta-sekin tiklanmoqda, yo‘lovchilar vokzal binosini tark etishi mumkin.