02:51 / 02.03.2018
12890

APL. "Siti" safarda "Arsenal"ni yirik hisobda yengdi

Foto: Getty Images

Angliya chempionati 28-turining markaziy o‘yini o‘tkazildi. Unda "Arsenal" o‘z uyida "Manchester Siti"ni qabul qildi. Uchrashuv mehmonlarning yirik hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. 

15-daqiqada Bernardu Silva hisobni ochgan bo‘lsa, 28-daqiqada David Silva oradagi farqni oshirdi. Uchrashuvdagi so‘nggi golni 33-daqiqada Sane kiritdi. 

Ushbu o‘yindan keyin shaharliklar 75 ochko to‘plagan holda eng yaqin ta'qibchisi "Manchester Yunayted"dan 16 ochko oldinda borishmoqda. "Arsenal" esa 45 ochko bilan 6-o‘rinda bormoqda. 

Arsenal – Manchester Siti 0:3 (0:3, 0:0)

Gollar: 0:1 – 15 Bernardu Silva, 0:2 – 28 Silva, 0:3 – 33 Sane.
Arsenal – Chex, Mustafi, Kolashinats, Belerin, Koselni, Mxitaryan, Djaka, Remzi, O‘zil, Uelbek, Obameyang.
Manchester Siti – Ederson, Kompani, Danilo, Uoker (Zinchenko, 72), Otamendi, Silva (Gabriel Jyezus, 87), Gyundogan, Bernardu Silva, de Bryuyne, Sane, Aguero (Ture, 82).
Ogohlantirishlar: Otamendi (19), Kolashinats (32).

Top