Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buxoroda qotillik yuz berdi
Buxoro viloyatining Kogon tumanida qotillik yuz berdi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.
Qayd etilishicha, Kogon tumanida 12 fevralga o‘tar kechasi Qorako‘l tumani Quvvachi qishlog‘ida yashovchi, “Qo‘ldosh Bo‘ron” MChJ ishchisi, 1979 yilda tug‘ilgan B.G‘. Istiqbol MFY hududida o‘zaro janjal oqibatida Yangiobod qishlog‘ida yashagan M.T.ning tanasi turli joylariga g‘isht bo‘lagi va temir choynak bilan urib jarohat yetkazgan.
Natijada M.T. voqea joyida vafot etgan. B.G‘. qo‘lga olingan.
Mavzuga oid
18:32
«Kelin o‘g‘irlash» ortidan sodir etilgan qotillik Qozog‘istonni larzaga soldi
11:51 / 16.01.2026
Buxoroda reyd: noqonuniy ov va ilon bilan “sirk” tomoshasi aniqlandi
23:12 / 14.01.2026
Xivadagi Kongress markazi va Farg‘onadagi ekspomarkaz loyihasi prezidentga taqdim etildi
15:35 / 10.01.2026