Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
NATO Putinning alyans haqidagi so‘zlariga izoh berdi
Foto: EPA
NATO Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Federal yig‘inga murojaatiga izoh berdi va alyans nomiga tahdidlarni nomaqbul va besamar deb atadi. Alyansda ta'kidlanishicha, NATOning raketalarga qarshi mudofaa tizimi Rossiyaga qarshi qaratilgan emas. Bu haqda alyans rasmiy vakili Oana Lungesku aytib o‘tdi.
1 mart kuni Putin parlamentga murojaatida Rossiya ixtiyorida bo‘lgan yangi strategik qurollar haqida ma'lumot berdi. Putin ushbu qurollar AQShning raketalarga qarshi mudofaa tizimi va NATOning sharqqa kengaytirilishini samarasiz qilishini aytgan.
“Biz prezident Putinning 1 mart kunidagi murojaati bilan tanishdik. Rossiyaning nishon sifatida NATO bo‘yicha ittifoqdoshlarni tanlash bayonoti nomaqbul va besamardir. Biz alyansning raketalarga qarshi mudofaasi Rossiyaga qarshi loyihalanmagani va qaratilmaganini bir necha marta tushuntirganmiz. Bizning tizim yevroatlantik hudud tashqarisidan otilgan ballistik raketalardan himoyalaydi”, deb aytgan Lungesku.
Lungeskuning ta'kidlashicha, NATO “sovuq urush va qurollanish poygasi takrorlanishini istamaydi”.
Avvalroq Moskvada Rossiya qurollanish poygasiga kirmoqchimasligi va uning yangi quroli unga hujum qilishni istamaydiganlarga xavf solmasligi aytilgan.
Mavzuga oid
09:12
−10°Cda o‘chirishlar: Kiyevda elektr, suv va issiqlik ta’minoti izdan chiqdi
08:24
Zelenskiy: Ukraina tinchlikka to‘siq bo‘lmagan va bo‘lmaydi
22:26 / 15.01.2026
Putin Maduroni ag‘dargan Trampni tanqid qilishga jur’at etolmadi
22:18 / 15.01.2026