O‘zbekiston | 14:46 / 03.03.2018
25861
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh elchixonasi O‘zbekistonda siyosiy mahbuslar ozod etilishiga munosabat bildirdi

Foto: uz.usembassy.gov

O‘zbekistonda 2007 yilda qamalgan andijonlik huquq himoyachisi Isroil Xoldorov va 1999 yilda qamalgan jurnalist Yusuf Ro‘zimurodov ozod etildi. Bu haqda AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi tegishli bayonot bilan chiqdi.

“AQSh elchixonasi yaqinda O‘zbekistonning davlat siyosatidagi muhim o‘zgarishlar sababli ozodlikka chiqarilgan uzoq muddatli vijdon mahkumlari Muhammad Bekjonov, Isroiljon Xoldorov va Yusuf Ro‘zimurodovni mamnuniyat bilan kutib oldi. 

Biz ozodlikka chiqqan mahbuslarga adolat, sog‘liqni qayta tiklash va yangi kuchlar tilaymiz. Biz O‘zbekiston hukumatini yana boshqa mahbuslarni ozodlikka chiqarishga va ozod bo‘lganlarni ularni to‘laqonli ozod inson ekanligini tasdiqlovchi hujjatlari topshirilishiga chaqiramiz. 

Biz umid qilamizki, siyosiy mahbuslarni hibsga olish amaliyoti O‘zbekiston o‘tmishida qoladi va islohotlar izchil davom ettiriladi”, - deyiladi AQSh elchixonasi bayonotida.

Ma'lumot uchun, Isroil Xoldorov 2007 yilning 19 fevral kuni Andijon viloyat jinoyat ishlari bo‘yicha sudi tomonidan 6 yilga ozodlikdan mahrum etilgan. Yusuf Ro‘zimurodov esa 1999 yilda Toshkent viloyati jinoiy ishlar bo‘yicha sudi tomonidan 15 yilga ozodlikdan mahrum qilingan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid