Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Muhammad (s.a.v) insonlar bilan muomalada qanday bo‘lganlar?
Butun insoniyatga odob-axloq masalasida o‘rnak etib yuborilgan payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v) kundalik xatti-harakatda qanday edilar? Odamlar bilan bo‘ladigan muomalada, turmush holatlarida o‘zlarini qanday tutganlar? Bu borada hadis kitoblarida, ulamolar tomonidan yozilgan asarlarda mufassal va mukammal ta'rif berilgan. Mehrob.uz sayti ana shu kitoblardan umumiylashtirgan holda Rasul alayhissalomning odob va axloqlari haqida qisqa, lo‘nda va oson tushunadigan holda ma'lumot taqdim etdi.
1. Payg‘ambarimiz alayhissalom hojatsiz narsalar haqida gapirmasdilar.
2. Doim fikrda yurardilar.
3. Allohning ne'matlarini mayda bir uvoq bo‘lsada buyuk sanardilar.
4. Nafsiga g‘azab qilmasdilar, yordam ham bermasdilar.
5. Bema'ni gapirgan kimsadan yuz o‘girardilar.
6. Biror kimsadan suyunchli xabarlarni berkitmasdilar.
7. So‘zlarini lafzi oz, ma'nosi chuqur edi.
8. Royish (ko‘ngilchang) edilar.
9. Hammani bir xil ko‘rib, ularni ajratmasdilar.
10. Inson hurmatini joyiga qo‘yardilar.
11. Hissiyotini ko‘rgan kimsa qo‘rqardi, ma'rifatiga aralashgan kimsa, sevib qolardi.
12. O‘tirganda, turganda zikr qilardilar.
13. Biror kimsaning gapini bo‘lmasdilar.
14. Yaxshilik qilishda, mayin shabadadan xam saxiyroq edilar.
15. Faqirlikdan qo‘rqmaydigan insonga hadya berardilar.
16. Yomonlik qilganga yomonlik bilan javob qilmay, kechirib yuborardilar.
Mavzuga oid
17:58 / 19.05.2026
Qimor va ichkilikbozlikka taqiq. Toshkent shahar hokimligi xodimlarining odob-axloq qoidalari tasdiqlandi
10:29 / 17.10.2022
Davlat fuqarolik xizmatchilari odob-axloqining namunaviy qoidalari tasdiqlandi
09:13 / 13.05.2022
Maktablardagi ichki tartib va odob-axloq qoidalari qayta ko‘rib chiqiladi
07:30 / 11.12.2021