“Davlat xizmatçilarining odob-axloq kodeksini tasdiqlaş töğrisida»gi  Oliy Majlis palatalarining qarori loyihasi e'lon qilindi.

Odob-axloq kodeksi loyihasi 6 ta bob va 53 ta moddadan iborat bölib, davlat xizmatçilarining davlat organi va taşkiloti zimmasiga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni amalga oşirişda rioya qilişi lozim bölgan talablarni öz içiga qamrab olgan.

Ular quyidagi asosiy yönalişlarni belgilaydi: davlat xizmatçilarining odob-axloq qoidalarining qöllaniş sohasi, asosiy tamoyillari, davlat xizmatining tuşunçasi va turlari, davlat xizmatçilari va özlarining turmuş örtoği va voyaga yetmagan farzandlarining daromadlari va mol-mulkini deklaratsiya qiliş, manfaatlar töqnaşuvi töğrisida xabar beriş majburiyatlari.

Kodeksda birinçi bor davlat xizmatçisi tuşunçasiga quyidagiça ta'rif berilmoqda – doimiy, vaqtinça yoki maxsus vakolat böyiça tayinlanadigan yoki saylanadigan, hokimiyat vakili vazifalarini bajaradigan yoxud davlat taşkilotida (davlat iştirokidagi taşkilot bundan mustasno) taşkiliy-boşqaruv, ma'muriy-xöjalik vazifalarini amalga oşiradigan va yuridik ahamiyatga ega harakatlarni amalga oşirişga vakolat berilgan şaxs hamda mehnat şartnoma (kontrakt) asosida faoliyatni amalga oşiruvçi boşqaruv xodimi.

Kodeks bilan davlat xizmati uç turga bölinmoqda:

  • davlat siyosiy xizmati – içki va taşqi siyosatni belgilaş hamda siyosiy maqsad va vazifalarni amalga oşiriş bilan boğliq davlat hokimiyati vakillik organiga saylanadigan va Özbekiston prezidentining nomenklaturasiga kiradigan lavozimlarga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni amalga oşirişga qaratilgan hamda haq tölanadigan kasbiy xizmat faoliyati bölgan davlat xizmatining bir turi (Oliy Majlis deputat va senatorlari, mahalliy xalq deputatlari Kengaşi deputatlari, Özbekiston prezidentining administratsiyasi hamda Vazirlar Mahkamasining nomenklaturalariga kiradigan lavozimlar);
  • davlat fuqarolik xizmati – Özbekiston fuqarolarining davlat organlaridagi davlat fuqarolik lavozimlariga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni amalga oşirişga qaratilgan hamda haq tölanadigan kasbiy faoliyatini nazarda tutuvçi davlat xizmatining bir turi;
  • davlat maxsus xizmati – Özbekiston Qurolli Kuçlaridagi harbiy va huquqni muhofaza qiluvçi hamda sud organlaridagi yuklatilgan vazifa va funksiyalarni amalga oşirişga qaratilgan hamda haq tölanadigan kasbiy faoliyatini nazarda tutuvçi davlat xizmatining bir turi.

Şuningdek, sohaning quyidagi asosiy prinsiplari belgilanmoqda: qonuniylik; adolatlilik; fuqarolarning huquqlar, erkinliklar va qonuniy manfaatlari ustuvorligi; vatanparvarlik va xizmat burçiga fidoyilik; davlat va jamiyat manfaatlariga sadoqat; halollik; xolislik; oçiqlik; korrupsiyaga qarşi toqatsizlik; professionallik va layoqatlilik; samaradorlik va tejamkorlik.