Jahon | 10:04 / 05.03.2018
7449
1 daqiqa o‘qiladi

AQShning Anqaradagi elchixonasi vaqtinchalik yopiladi 

Foto: AP

AQShning Anqaradagi elchixonasi 5 mart kuni xavfsizlikka tahdid sababli tashrif buyuruvchilar uchun yopiq bo‘ladi. Bu haqda elchixona saytida ma'lum qilingan.  

“Anqaradagi elchixona AQSh fuqarolarini elchixona 5 mart kuni xavfsizlikka tahdid sababli yopiq bo‘lishidan ogohlantiradi”, deyilgan xabarda.

Elchixona o‘z ishi tiklanishi bilan bu haqda ma'lum qiladi. Bu vaqt ichida faqatgina shoshilinch xizmatlar ko‘rsatiladi. Ta'kidlanishicha, o‘g‘rilangan pasportlar va notarial xizmatlarga taalluqli masalalar shoshilinch hisoblanmaydi. Viza olish uchun suhbat o‘tkazish va boshqa belgilangan tadbirlar bekor qilingan. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid