Jamiyat | 14:12 / 05.03.2018
18694
2 daqiqa o‘qiladi

Beeline Bir Oy va Status tariflari bilan bog‘liq vaziyatni izohladi

Elvira Settarova, Beeline matbuot kotibi:

“Mart oyining boshida kompaniya bir qancha keng ko‘lamli o‘zgarishlarni rejalashtirgan bo‘lib, ularning aksariyatini muvaffaqiyatli amalga oshirdi. Bundan tashqari, xizmatlarni milliy valyutada ko‘rsatish uchun platforma (tizim) yangilanishining navbatdagi bosqichi amalga oshirildi: endi Status va Bir Oy tarif rejalarida aniq va tushinarli raqamlarni ko‘rishingiz mumkin. Afsuski, tizimni yangilash vaqtida mijozlarimizning bir qismida oylik abonent to‘lovi o‘z vaqtida yechilmagan va bir necha soat mobaynida mavjud paketlardan emas, balki asosiy balansdan mablag‘lar sarflangan. Biroq, 1 mart kuni soat 14:00da biz bu muammoni hal qildik va Status va Bir Oy tarif rejalari abonentlariga yoqilgan paketlardan to‘liq foydalanish imkoniyati tiklanib berildi – ularning ayrimlarida bu holat detalizatsiyada aks ettirilmagan bo‘lsa ham. Bunda, albatta, asosiy balansdan sarflangan barcha mablag‘larning qaytarilishi ham nazarda tutilgan. Kompaniya, shuningdek, abonentlarga 20 000 MBgacha bo‘lgan katta miqdorda bonusli paketlarni taqdim etdi va qo‘shimcha bonuslarni ham ko‘rib chiqmoqda. Call-markaziga kelib tushayotgan murojaatlarning soni keskin oshishi munosabati bilan navbatchi smenalarning soni o‘rtacha 20%ga ko‘paytirildi. Shuni alohida ta'kidlab o‘tishim joiz, mazkur vaziyat Beeline abonentlar bazasining 5%dan kam bo‘lgan miqdoriga ta'sir ko‘rsatgan”.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid