Jahon | 11:23 / 05.03.2018
11372
1 daqiqa o‘qiladi

Germaniya fikrini o‘zgartirdi: u Afg‘onistonga ko‘proq harbiy yuboradi

Germaniya mudofaa vaziri Ursula fon der Lyayyen NATOning Afg‘onistonda olib borayotgan harbiy kampaniyasidagi ishtirokini kengaytirishga qaror qildi. Bu haqda Deutsche Welle xabar qilmoqda.

Ayni vaqtda alyans missiyasi tarkibida 963 germaniyalik harbiy xizmatchi mavjud bo‘lsa, kelgusida ularning soni 1,3 ming kishigacha yetkaziladi. Qayd etilishicha, mudofaa vazirining bunday qaroriga Tolibon harakati hamda IShIDning Afg‘onistonda kuchayishi sababdir. 

Bundestag vakolati ayni vaqtda Afg‘onistonga 980 askar va ofitserlarni yuborishga ruxsat beradi. 

Shu bilan birga, Germaniyadan tashqari NATOning Afg‘onistondagi missiyasi doirasida AQSh va boshqa davlatlar ham o‘z harbiylari sonini oshiradi. Bu haqda NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg 2017 yil noyabr oyida bayonot bergandi. Unga ko‘ra, harbiylar soni 13 mingdan 16 ming kishiga yetkaziladi.

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid