Jahon | 19:07 / 05.03.2018
7060
1 daqiqa o‘qiladi

Putin: Rossiyada terrorchilik jinoyatlari kamaydi

Foto: RIA Novosti / Aleksey Nikolskiy

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Federal xavfsizlik xizmati kollegiyasida qilgan chiqishida xizmat xodimlarini terrorizmga qarshi hujum qilish usulidan foydalangan holda kurashishga chaqirdi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

«Shunday faol harakatda davom etish kerak, terrorga qarshi kurashda hujumkor usul va strategiyadan foydalanish darkor hamda Milliy aksilterror komissiyaning muvofiqlashtiruvchi rolini kuchaytirish kerak», — degan Putin.

Davlat rahbarining qayd etishicha, 2012 yildan buyon terrorchilik jinoyatlari kamaygan. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid