Jahon | 07:45 / 05.03.2018
10932
2 daqiqa o‘qiladi

Sharqiy G‘utadagi harbiy amaliyot vaqtida 600 kishi halok bo‘ldi – BMT

Foto: Samer Bouidani / Global Look Press

BMTda Sharqiy G‘utada Suriya hukumat kuchlari harbiy amaliyotni boshlagandan keyin necha kishi halok bo‘lgani va jarohatlangani hisoblab chiqildi. BMT ma'lumotlariga ko‘ra, 18 fevralda boshlangan jangovar harakatlar natijasida 2 hafta ichida 600 ga yaqin kishi halok bo‘lgan, 2 ming kishi yaralangan. Bu haqda BMTning Suriyadagi inqiroz bo‘yicha gumanitar yordami koordinatori Panos Moumtsis ma'lum qilgan. 

Bu odamlar orasida o‘nlab oddiy fuqarolar bor. BMT vakilining ma'lum qilishicha, ularning barchasi Sharqiy G‘utadan Damashq tomon havo va yerdan zarbalar berish natijasida jabr ko‘rishgan. Moumtsis bu vaziyatni “chidab bo‘lmas” deb atagan.

“Biz bu yerda juda zarur bo‘lgan o‘t ochishni to‘xtatish amal qilishi boshlanishi o‘rniga harbiy harakatlar ko‘payotgani, ko‘p miqdorda o‘limlar va ocharchilik haqida xavotirli xabarlar ko‘payotgani hamda shifoxonalar bombardimon qilinayotganini kuzatmoqdamiz”, deb aytgan Moumtsis. U bo‘lib o‘tayotgan voqealarni tinch aholining “ommaviy jazolanishi” deb atagan.

2012 yildan beri Suriyaning muxolif va radikal guruhlari tomondan ushlab turilgan Sharqiy G‘utada 18 fevralda Suriya hukumat kuchlarining harbiy operatsiyasi boshlandi. Shu kuni hudud ommaviy raketa, artilleriya hamda havo hujumlariga uchragan. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid