Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Endi ishlayotgan sport faxriylariga pensiya to‘liq miqdorda to‘lanadi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti «Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmonni imzoladi. Hujjat bilan belgilab qo‘yilishicha:
jismoniy tarbiya va sport tashkilotlari, shuningdek, ta'lim muassasalari va sport tashkilotlarida mehnat qilayotgan sport faxriylariga faoliyatning boshqa xaq to‘lanadigan turlari bilan shug‘ullanmaslik sharti bilan pensiya to‘liq miqdorda to‘lanadi;
Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari hamda olimpiya va paralimpiya sport turlari bo‘yicha jahon chempionatlari sovrindor sportchilari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Toshkent shahar hamda viloyatlardagi jismoniy tarbiya va sport boshqarmalari, shuningdek, tegishli sport federatsiyalari (assotsiatsiyalari) tavsiyanomalariga asosan trenerlik faoliyati bo‘yicha soddalashtirilgan tartibda attestatsiyadan o‘tib, sport maktablarida trener sifatida trenerlik faoliyati bilan shug‘ullanishga haqli;
sport tashkilotlari (idoralari) rahbarligi lavozimiga avval shug‘ullangan professional faoliyat turidan qat'i nazar, oliy ma'lumotli hamda boshqaruv sohasida amaliy ko‘nikmaga ega bo‘lgan shaxslar tayinlanishi mumkin;
trenerlik faoliyati bilan shug‘ullanish uchun ruxsatnoma muddati tugagan trenerlar ko‘pi bilan to‘rt oy muddatdan oshmagan holda o‘rnatilgan tartibda yangi ruxsatnoma olinishiga qadar mehnat faoliyatini davom ettirishga haqli.
Olimpiya sport turlarini 2018-2021 yillarda keyinchalik rivojlantirish va ommalashtirish kompleks chora-tadbirlari dasturi ma'qullandi.
Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarni o‘z vaqtida, sifatli va to‘liq amalga oshirish uchun vazirlik, muassasa va boshqa tashkilotlar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi belgilandi.
Mavzuga oid
17:41 / 23.04.2026
Ukrainalik tennischi Nikita Belozersev O‘zbekiston bayrog‘i ostiga o‘tdi
23:16 / 03.03.2026
Umrbod qamoq jazosi pedofiliya jinoyatiga takroran qo‘l urgan shaxslarga taalluqli bo‘ladi
15:04 / 31.12.2025
Sport sohasida oliy ma’lumotli xodimlar ulushi 85 foizga chiqariladi
08:38 / 25.12.2025