Jahon | 12:15 / 06.03.2018
29038
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada 19 nafar ayolni o‘ldirgan sobiq militsionerga hukm chiqarildi

Foto: RIA "Novosti"

Novosibirsk oblasti sudi militsiya sobiq xodimi Yevgeniy Chuplinskiyni umrbod ozodlikdan mahrum etish haqida qaror chiqardi. Avvalroq sud maslahatchilari uni 19 nafar ayolni o‘ldirganlikda aybdor deb topishgandi.

Sud qaroriga ko‘ra, Chuplinskiy alohida rejimdagi koloniyada jazo muddatini o‘taydigan bo‘ldi. Shuningdek, u to‘rt nafar jabrlanuvchiga million rubldan to‘lab beradi.

Chuplinskiy hukmga qarshi shikoyat bermoqchi, advokatlarining bildirishicha, u o‘zi haqida yolg‘on ma'lumotlar bergan.

Rossiya IIV idoradan tashqari qo‘riqlash xizmati sobiq xodimi ayollarni o‘ldirishda aybdor deb topildi, jinoyatlar 1998 – 2005 yillar oralig‘ida sodir etilgan. U qurbonlarini o‘ldirgandan so‘ng, ularning jasadlarini bo‘laklarga bo‘lib tashlagan yoki tanib bo‘lmaydigan holatga keltirgan. Barcha qurbonlar fohishalar bo‘lgani aytilmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid