Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Stoltenberg: NATO Iroqda hukumatning iltimosi bilan qolmoqda
NATO harbiy xizmatchilari Bag‘dodning iltimosi bilan Iroqda qolmoqda. Bu haqda alyans bosh kotibi Yyens Stoltenberg ma'lum qilgan.
«Biz Iroq shuni xohlayotgani uchun bu yerdamiz. Bu yerda Iroqning roziligisiz yoki taklifisiz qolayotganimiz yo‘q», - deya Stoltenbergning so‘zlarini keltiradi Iraqi News.
Bosh kotib aniqlik kiritishicha, Iroq bosh vaziri Haydar al-Obodiydan yozma murojaat olgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, NATO mintaqada keragidan ortiqcha qolmasligi lozim.
«Biz askarlarni qancha kerak bo‘lsa, shuncha shug‘ullantiramiz, bu IShID yana paydo bo‘lmasligiga ishonch hosil qilish uchun kerak», - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi Stoltenberg.
Mavzuga oid
22:14 / 08.07.2026
«Bu Putinga aniq ishora» - NATO yangi raketa tizimi uchun 50 mlrd dollar ajratadi
18:49 / 08.07.2026
Tramp NATOda: Ispaniya bilan savdoni uzish va Grenlandiyani egallash da’vosi
10:35 / 08.07.2026
Germaniya mudofaa uchun rekord mablag‘ ajratadi
20:08 / 07.07.2026