O‘zbekiston | 13:10 / 07.03.2018
20931
2 daqiqa o‘qiladi

Bugun jurnalist Bobomurod Abdullayev ishi bo‘yicha sud boshlanadi

Foto: Facebook

Bugun, 7 mart kuni soat 14.30da Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudida Bobomurod Abdullayev, Hayotxon Nasreddinov, Shavkat Olloyorov va Ravshan Salayevga nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha ochiq sud majlisi boshlanadi. Bu haqda Oliy sud rasmiy vakili Aziz Obidov KUN.UZ‘ga ma'lum qilgan. 

Ushbu shaxslar O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 159-moddasida (O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qilish) nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda ayblamoqda.

Mazkur jinoiy ish Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudi sudyasi Zafar Nurmatov raisligida hamda xalq maslahatchilari S. Turapova, M. To‘ychiyeva va N. Qosimovadan iborat sud tarkibida ko‘rib chiqiladi.

Bobomurod Abdullayev 2017 yilning 27 sentabrida MXX tomonidan hibsga olingandi.

Ushbu ish yuzasidan sud avvaliga 5 martga belgilangandi, ammo sud kuni noma'lum sababga ko‘ra ko‘chirildi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid