«Hozirgina menga xorijga çiqiş pasporti berildi. Endi men ham çet ellarga çiqiş imkoniyatiga egaman, bundan juda xursand böldim, albatta. Oxirgi kunlarda juda dramatik voqealar sodir böldi. Onamning iltimosiga köra, prezidentimiz tomonidan menga uy hadya qilinganini xabar qilgandim. Şundan keyin menga «xursandmiz, şu uyda töylar qiling» degan mazmunda juda köp tabriklar keldi. 

Oldin xorijiy grantlar, Amerika, Britaniya elçixonalaridan öz loyihalarim uçun mablağ olganman, bu pullarni söz erkinligi, jurnalistik faoliyat uçun işlatganman. Öşa payt juda köpçilik meni «Amerika dollarlari uçun vatanni sotgan xoin» deb baholaşgandi.

Prezident tomonidan menga uy berilganida ayrimlar, jumladan, özim hurmat qilgan, döst deb bilgan, oldin meni «şu yurt ravnaqi, söz erkinligi uçun mablağ olgan» deya baholagan muxolifatçilar, jurnalistlar endi «siyosiy pora olding, sotqinlik qilding» deb ta'na qilişyapti. Men ularga «sizlarning oldingilardan qanday farqlaring bor?» deyapman. 

Yana bir bor aytaman – bu sovğani prezidentimiz, avvalambor, onamning iltimosidan kelib çiqib, ikkinçidan, insonparvarligi uçun bergan. Eng muhimi, bu kvartira menga biror şarsiz berilgan, ya'ni bu pora emas. Sababi, pora biror şart evaziga beriladi. Agar bu pora bölganida edi, menga aytilgan bölardi, «Bobomurod, sizga prezidentimizning sovğasi bor, faqat uni oliş uçun jim yurasiz, hukumatni maqtaysiz» kabi şartlar qöyilardi.

Ammo menga heç qanday şart qöyilmagan ekan, bu sovğani siyosiy pora hisoblamayman.

Inson özining prinsiplariga, e'tiqodiga qarşi borsagina xiyonat hisoblanadi. Mening öz e'tiqodlarim bor, ularga qarşi bormadim. Buni hali vaqt körsatadi. 

Menga uy berilgani, pasportim topşirilgani, eng muhim sud işlari tugatilişida bevosita davlat rahbarining taşabbusi bor deb öylayman. Bu quvonçli voqealar uçun hammaga rahmat aytaman», – dedi Bobomurod Abdullayev.

  • Jurnalist Bobomurod Abdullayev 2017 yilda ham Özbekistonda konstitutsiyaviy tuzumini ağdarib taşlaş maqsadida fitna uyuştiriş jinoyatida gumon qilinib, qamoqqa olingan, 2018 yil may oyida sud zalidan ozod etilgandi. 
  • Şu yilning sentabr oyi boşida u Özbekiston söroviga muvofiq Qirğizistonda hibsga olindi. Keyinroq jurnalistning onasi prezident Şavkat Mirziyoyevga murojaat qilgani inobatga olinib, u 22 avgust kuni munosib xulq-atvorda böliş töğrisidagi tilxat bilan ozod qilingani ma'lum böldi.