«Özbekiston manfaatlariga qarşi oğir jinoyatlarni qilişda ayblanayotgan va qidiruvda bölgan şaxsni qölga oliş va topşiriş haqidagi vakolatli idora söroviga köra, fuqaro Bobomurod Abdullayev aniqlandi va qölga olindi», deya rasmiy ma'lumotni keltiradi «Interfaks» agentligi.
Bişkek şahrining Pervomayskiy rayoni sudining 10 avgustdagi qaroriga köra, Abdullayevga nisbatan MXDQ tergov izolyatorida 30 kun davomida hibsda saqlaş körinişidagi ehtiyot çorasi qöllangan edi.
«Xorijiy davlat fuqarolarini jinoiy javobgarlikka tortiş maqsadida topşiriş haqidagi qonuniy kuçga kirgan qarorga asosan, topşiriş qoidalarini tartibga soluvçi Qirğiziston qonunçiligi va davlatlararo kelişuv me'yorlariga amal qilingan holda, 22 avgust kuni fuqaro Abdullayev Özbekistonga berildi», deyiladi MXDQ xabarida.
2018 yil may oyida jinoyat işlari böyiça Toşkent şahar sudi Abdullayevni Özbekistonning konstitutsiyaviy tizimiga tajovuz qilganlikda aybdor deb topib, 3 yillik axloq tuzatiş işlariga mahkum qilgan va u sud zalidan ozod etilgan edi. Jarayonning yana 3 iştirokçisi esa oqlangandi.











