
Bugun, 23 oktabr Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligining migratsiya va fuqarolikni rasmiylaştiriş boş boşqarmasi rasmiylari tomonidan jurnalist Bobomurod Abdullayevga xorijga çiqiş pasporti topşirildi. Şuningdek, jurnalistga nisbatan barça tergov va suriştiruvlar tugatilgani, sud işi ham yakunlangani, endi unga oid Özbekiston içida va xorijga çiqiş bilan boğliq har qanday çeklovlar bekor qilingani bildirildi.
Öz navbatida, Bobomurod Abdullayev bu yangilik özi uçun kutilmagan holat bölgani va bundan xursandligini bildirdi.


Eslatib ötamiz, Bobomurod Abdullayev 2018 yilning may oyi boşida jinoyat işlari böyiça Toşkent şahar sudida Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 159-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilib, har oylik iş haqining 20 foizini davlat daromadiga uşlab qolgan holda uç yilga axloq tuzatiş işlariga hukm qilingandi.










