Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shri-Lankada diniy nizolar fonida ijtimoiy tarmoqlar bloklandi
Shri-Lanka hukumati Facebook, WhatsApp va Viber tarmoqlariga kirishni 72 soat muddatga to‘sib qo‘ydi. Bu haqda Reuters agentligi xabar tarqatdi.
Bloklash qarori mamlakatda 3 kundan buyon davom etayotgan tartibsizliklar fonida qabul qilindi. Hukumat provayderlarga feysbuk orqali musulmonlarga hujum qilish bo‘yicha chaqiriqlar yo‘llanganidan keyin bu tarmoqqa kirishni cheklash bo‘yicha murojaat qilgan.
Shri-Lanka hukumati buddistlar (mamlakat aholisining 70 foizi) va musulmonlar (10 foiz) o‘rtasidagi to‘qnashuvlardan keyin 10 kunga favqulodda holat joriy etgandi.
Ayni vaqtda buddistlar musulmonlarning masjidlariga va musulmonlar ishlaydigan korxonalarga hujumlarni davom ettirmoqda. Ular musulmonlarni boshqa dinga e'tiqod qiluvchilarni o‘z diniga o‘tishga majburlashda, shuningdek, buddistlarning arxeologik obidalarini haqoratlashda ayblashmoqda.
Mavzuga oid
23:56 / 27.04.2026
Shri-Lankada mojaro: 23 rohib 110 kg nasha kontrabandasi uchun hibsga olindi
20:40 / 05.03.2026
Eron fregati cho‘ktirilishi. Kamida 87 kishi halok bo‘lgan
17:30 / 04.03.2026
AQSh Shri-Lanka sohillari yaqinida Eron kemasiga zarba berdi (video)
19:20 / 30.11.2025