O‘zbekiston | 17:35 / 07.03.2018
9615
3 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston ikkita xalqaro shartnomani ratifikatsiya qiladi

Foto: Sabah

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida xalqaro shartnomalarni ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi qonun loyihalari ma'qullandi.

Deputatlar “Umumjahon pochta ittifoqining Ustaviga To‘qqizinchi qo‘shimcha bayonnomani (Istanbul, 2016 yil 6 oktabr) ratifikatsiya qilish to‘g‘risida”gi qonun loyihasini birinchi o‘qishda ko‘rib chiqdilar, deb yozmoqda Norma.

O‘zbekiston 1994 yildan buyon Umumjahon pochta ittifoqining a'zosi hisoblanadi, uning faoliyatida faol ishtirok etadi va xalqaro munosabatlarni rivojlantirishga salmoqli hissa qo‘shmoqda. Umumjahon pochta ittifoqining Ustavi uning faoliyatini tartibga soladigan asosiy hujjat hisoblanadi. Kongress (a'zo mamlakatlar vakillaridan iborat Ittifoqning oliy organi) tomonidan ushbu Ustavga o‘zgartish qabul qilinganda Qo‘shimcha bayonnoma tuziladi.

Ma'lumot uchun: Umumjahon pochta ittifoqining XXVI Kongressida qabul qilingan Umumjahon pochta ittifoqining Ustaviga doir to‘qqizinchi qo‘shimcha bayonnoma mazkur hujjatning 1, 1bis i 22-moddalariga tuzatishlarni ham o‘z ichiga oladi.

Qonun loyihasining qabul qilinishi mamlakatimizga Umumjahon pochta ittifoqining Ustavidan kelib chiquvchi huquq va majburiyatlarni amalga oshirish, xalqaro tashkilotlarda o‘z manfaatlarini himoya qilish imkonini beradi. Bundan tashqari, mazkur xalqaro tashkilot a'zo mamlakatlar bilan hamkorlikni yanada rivojlantirishga, shuningdek yangi texnologiyalar va andozalarni qo‘llagan holda sifatli, samarali va xavfsiz pochta aloqasi xizmatlarini barqaror rivojlantirishni davom ettirishga xizmat qiladi.

Shuningdek “Ta'lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha Islom tashkiloti Ustavini (Boku, 2015 yil 26 noyabr) ratifikatsiya qilish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ham birinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.

Mazkur qonun hujjati:

• ushbu sohalarda xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirishga;
• O‘zbekistonning madaniy-gumanitar sohadagi yutuqlarini keng targ‘ib qilishga;
• mamlakatimizning islom tamaddunidagi buyuk rolini yoritishga;
• xalqaro hamjamiyatni respublikamizning qadimiy tarixi va madaniy merosi bilan tanishtirishga xizmat qiladi.

Ustavning kuchga kirishi bilan Toshkent islom universiteti huzuridagi ISESCO Maxsus kafedrasining to‘laqonli faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonning  ISESCO bilan hamkorligi Vazirlar Mahkamasining 12.10.2017 yildagi 821-son qarori bilan belgilangan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid