Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
IShIDning sobiq yetakchisi singlisiga o‘lim jazosi berildi
Foto: Ahmad Al-Rubaye
Iroqning markaziy jinoyat sudi IShIDning Iroqdagi sobiq yetakchisi Abu Umar al-Bag‘dodiyning singlisiga o‘lim jazosi berdi. Bu haqda Al Sumaria telekanali ma'lum qildi.
Asli ismi Hamid az-Zaui bo‘lgan terrorchi 2006-2010 yillarda “Al-Qoida”ning Iroqdagi bo‘linmasi – “Iroq islom davlati”ga boshchilik qilgan, so‘ngra bu bo‘linma IShIDga aylangan. Terrorchi AQShning 2010 yildagi aviazarbasi natijasida o‘ldirilgan va uning o‘rnini IShIDning amaldagi yetakchisi Abu Bakr al-Bag‘dodiy egallagan.
IShIDning sobiq yetakchisining singlisi jangarilar otryadlarini logistik qo‘llab-quvvatlash va Mo‘sulda terrorchilar o‘rtasida pullarni taqsimlashda aybdor deb topilgan.
Sud vakili Abdulsattor Barokdorning aytishicha, hukm Iroqning terrorchilikka qarshi kurash haqidagi qonuniga muvofiq chiqarilgan. Uning aytishicha, ayblanuvchining eri ham terrorchi bo‘lgan va avvalroq o‘lim jazosiga mahkum qilingan. Ismi oshkor qilinmagan terrorchi ayol dorga osish yo‘li bilan qatl etiladi.
Mavzuga oid
17:59 / 29.12.2025
Turkiyada 3 nafar politsiya xodimi IShIDga qarshi operatsiya chog‘ida halok bo‘ldi
12:30 / 26.12.2025
AQSh Nigeriyada IShID obektlariga zarba berdi
00:00 / 15.12.2025
Suriyada IShIDga qarshi operatsiya boshlandi
11:39 / 01.12.2025