Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Isroilda muddatdan avval parlament saylovlari o‘tishi mumkin
Foto: Gali Tibbon/AP
Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu mamlakatda muddatdan avval parlament saylovlari o‘tishi mumkinligini, biroq o‘z mahkamasi bilan belgilangan muddat – 2019 yil noyabrigacha ishlashni istashini aytgan.
Hukmron koalitsiya ichida ziddiyat “Tora yahudiyligi” ultradiniy partiyasi talabi sababli yuz bergan. Partiya o‘z tarafdorlarining armiyaga chaqirtirilishlarini qonunan himoyalashni talab qilmoqda, biroq bunga Netanyaxuning dunyoviy ittifoqdoshlari rozi bo‘lishmayapti.
“Agar koalitsiyaning barcha partiyalari rozi bo‘lishsa, shunday qilamiz. Agar rozi bo‘lishmasa, saylovlarga boramiz. Umid qilamanki, ular kelishib olishadi”, deb aytgan Netanyaxu.
Oxirgi haftalarda o‘tkazilgan so‘rovnomalar Netanyaxuning partiyasi “Likud” parlament saylovlarida g‘olib bo‘lishini ko‘rsatmoqda. Netanyaxuga qarshi jinoiy ishlar qo‘zg‘atilganiga qaramay, partiya nufuzi oshib bormoqda.
Mavzuga oid
15:30 / 16.01.2026
G‘azoda sulhning 2-bosqichiga o‘tildi: bu nimani anglatadi?
18:21 / 15.01.2026
Eron yiqilsa, nima bo‘ladi?
20:24 / 12.01.2026
Eron hukumati namoyishlarni to‘liq nazoratga olganini ma’lum qildi
21:29 / 09.01.2026