Jahon | 17:00 / 08.03.2018
45153
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiya yakunda butunlay xonavayron bo‘ladi – Poroshenko

Foto: AP

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenkoning ma'lum qilishicha, Rossiyani yakunda «butunlay vayron bo‘lishini» kutmoqda, sababi ushbu davlat qonunlarni hurmat qilmayapti. Bu haqda u Financial Times’ga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Poroshenko «Naftogaz» hamda «Gazprom» bilan bog‘liq vaziyatga izoh berarkan, buni juda jiddiy qabul qilayotganini bildirdi. Biroq shundan so‘ng u Qrimning Rossiyaga qo‘shilishi hamda Ukraina sharqidagi tajovuzkorlikni tilga olgan.

«Agarda Rossiya qonunlarni hurmat qilmasa va sud qarorini mensimasa, o‘ylashimcha, unda yakunda Rossiya butunlay vayron bo‘ladi. Bu haqiqatdir», - deya aytib o‘tdi Poroshenko.

Ukraina prezidentining qo‘shimcha qilishicha, agar Rossiya bundan keyin ham sud qaroriga e'tibor qaratishda davom etmasa, bu xalqaro savdoni olib borish qoidalari uchun «halokatga» aylanadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid