O‘zbekiston | 15:45 / 09.03.2018
13666
2 daqiqa o‘qiladi

10 mart kuni O‘zbekistonda yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi

Foto: KUN.UZ

Toshkent shahri. Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 10 mart kuni poytaxtda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Shamolning tezligi sekundiga 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 10-12, kunduzi 20-22 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘adi. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi 0-5, Xorazm viloyatida 3-8, kunduzi 10-15, Ustyurt bo‘ylab 0-5 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Shamolning tezligi sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 12-17, kunduzi 20-25, cho‘l hududlari bo‘ylab kechasi 7-12, kunduzi 15-20 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ba'zi joylarda tuman tushishi mumkin. Kechasi 7-12, kunduzi 17-22, ayrim joylarda 25 darajagacha iliq  bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ba'zi joylarda tuman tushishi mumkin.  Kechasi 12-17, kunduzi 22-27 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 5-10, kunduzi 17-22 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlari. Havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Qor ko‘chishi xavfi bor.  Shamolning tezligi sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 1-6, kunduzi 8-13 daraja iliq bo‘ladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid