O‘zbekiston | 16:27 / 09.03.2018
37477
1 daqiqa o‘qiladi

Navbat "muallaq" allomalarga! Tarixiy maskanlar jozibadorligi oshirilmoqda

Buxoroning qadimiy qismida ikki yangi attraksion - havoda muallaq turuvchi ikki alloma paydo bo‘ldi. Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati shu haqida xabar berdi.

Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati

Attraktsionlar muvaffaqiyati turistik yo‘nalishdagi interaktiv qarorlar sayohatdan olinadigan umumiy taassurotga ijobiy ta'sir qililishini ko‘rsatmoqda. Shu bois Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi sayyohlar uchun bunday ko‘ngilochar attraksionlarni ko‘proq yo‘lga qo‘yishni tavsiya qilmoqda. 

Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati
Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati

Bundan avval Buxoroning qadimiy qismida sayyohlar e'tiborini jalb qilish maqsadida muallaq darvesh paydo bo‘lgani haqida ma'lum qilingan edi. Attraktsion bugungi kunda sayyohlar diqqat markazida bo‘lib, ularning ijobiy e'tirofiga sazovor bo‘lmoqda. 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid