Rossiya Tramp va Kim Chen Inning ehtimoliy uchrashuviga munosabat bildirdi
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov AQSh prezidenti Donald Tramp va KXDR yetakchisi Kim Chen Inning ehtimoliy uchrashuviga izoh berdi hamda u shunchaki suhbat emas, balki yadro muammosini hal etishga yo‘l ochishi kerakligini ta'kidlab o‘tdi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.
Vazirning so‘zlariga ko‘ra, KXDR va AQSh o‘rtasida kelishuvga erishilganiga nima sabab bo‘lgani haqida fikr yuritish kerak emas. Shunday uchrashuv Koreya yarim oroli atrofidagi vaziyatni yaxshilash uchun kerak.
«Bu kelishuv bor ekani muhim, yanada muhimi esa, bu kelishuvning amalga oshirilishi. Bu shunchaki suhbat bilan emas, balki Koreya yarim oroli yadro muammosiga yechim topish maqsadida to‘la shaklli siyosiy muzokaralar jarayonining tiklanishiga yo‘l ochishi bilan muhim bo‘lishi lozim», - deya ma'lum qildi Lavrov.
Mavzuga oid
22:41 / 13.10.2024
Kim Chen Inning singlisi Janubiy Koreyani «dahshatli halokat»dan ogohlantirdi
13:07 / 13.10.2024
«Chekmaydi va onda-sonda ozgina ichadi». Kamala Harris o‘z tibbiy kartasini e’lon qildi
16:29 / 12.10.2024
AQShda radioaktiv yo‘l qurilishiga ruxsat berildi
21:18 / 11.10.2024