Jamiyat | 00:06 / 09.03.2018
14101
2 daqiqa o‘qiladi

"Baxt ulash" ko‘ngillilar jamoasi muruvvat uyidagi xotin-qizlarni bayram bilan tabrikladi

“Baxt ulash” nomli ko‘ngillilar jamoasi 8-mart ayyomida, mo‘'tabar va aziz opa-singillarimizni tabriklash uchun Sirdaryo viloyati Yangiyer shahridagi «Muruvvat» nogiron ayollar internat uyiga borishdi. Mehmonlar shifokorlar jamoasi tomonidan yaxshi kayfiyatda kutib olindi. 

Muruvvat uyi direktori Nafisa Sharipova tashrif buyuruvchilarga maskan haqida batafsil ma'lumot berib o‘tdi. Unga ko‘ra, internat uyida respublikaning turli burchaklaridan kelgan besh xil millatga mansub, 18 - 80 yoshdagi 143 bemor davolanadi. Bugungi kunda ushbu bemorlarga 120dan ortiq xodim xizmat ko‘rsatmoqda. 

Viloyat hokimligi tomonidan muruvvat uyida kutubxona tashkil etilgan bo‘lib, uning fondi yetarli adabiyotlar bilan ta'minlangan. Viloyatdagi homiylar tomonidan «Muruvvat» nogiron ayollar internat uyiga tez-tez moliyaviy yordam berib turiladi. Shuning uchun moddiy-texnik baza davlat standartiga javob beradi. 

“Baxt ulash” jamoasi tomonidan muruvvat uyiga ayollar xalatlari, shaxsiy gigiyena vositalari va boshqa bayram sovg‘alari topshirildi.

 

Mavzuga oid