Jahon | 01:25 / 10.03.2018
31579
2 daqiqa o‘qiladi

“AQShning eng pastkash odami” qamoq jazosiga mahkum qilindi

Foto: AFP

AQSh sudi tadbirkor Martin Shkrelini firibgarlik qilish ayblovi bilan 7 yillik qamoq jazosiga mahkum qildi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar berdi

Shkreliga ba'zi OAV tomonidan “AQShning eng pastkash odami” degan nom berilgan. 2015 yilda u “Daraprim” dori vositasi uchun huquqni sotib olib, uning narxini bir tabletkasi uchun 13,50 dollardan 750 dollargacha oshirib yuborgan.

Ushbu dori vositasi immuniteti past odamlarga, misol uchun, OIV-kasallanganlarga belgilanadi hamda hayotiy zarur dorilar ro‘yxatiga kiradi.

Sud, shuningdek, ayblanuvchiga 75 ming dollar miqdorida jarima to‘lash va yetkazgan 7,3 mln dollar zararni qoplab berish majburiyatini qo‘ygan. Buning uchun Shkrelining bir qism mol-mulki sotilishi mumkin.

Sudning qarori tadbirkorning ikkita xej-fondi – MSMB Capital va MSMB Healthcare’da qimmatbaho qog‘ozlar bilan firibgarliklar bilan bog‘liq bo‘lgan. Prokuratura Shkreli o‘zi asos solgan Retrophin farmatsevtik kompaniyasi aktivlarini ikki fondning aldangan sarmoyachilariga to‘lovlarni amalga oshirish uchun noqonuniy sarflab yuborganini o‘rnatgan.

Aytish joizki, Shkreliga qo‘yilgan ayblovlar dori vositasi narxini oshirishi bilan bog‘liq mojaroga taalluqli bo‘lmagan.

Mavzuga oid