Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMTda Duterteni psixiatrik ekspertizadan o‘tkazishni taklif etishdi
BMTning inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari Zayd Ar-Raad Al-Husayn tashkilotning Viktoriya tub xalqlari huquqlari bo‘yicha maxsus ma'ruzachisi Tauli-Korpusni terrorizmda ayblagan Filippin prezidenti Rodrigo Dutertega psixiatrik tekshiruvdan o‘tishni taklif qildi.
"U qandaydir psixiatrik ekspertizadan o‘tishi kerak. Bunday xatti-harakatni aqlga sig‘dirib bo‘lmaydi", - dedi Al-Husayn matbuot anjumanida.
BMT maxsus ma'ruzachisi Tauli-Korpus fevral oyida terrorizmda ayblanayotgan va Filippin kommunistik partiyasi hamda Yangi xalq armiyasiga a'zolikda gumon qilinayotgan 600 kishi ro‘yxatidan joy olgan. Hujjat Filippin hukumati tomonidan Manila sudiga topshirilgan.
2017 yilning may oyida prezident etib saylangan Duterte giyohvandlikka qarshi to‘liq qamrovli kurashga kirishgan. Politsiyaning so‘nggi ma'lumotlariga ko‘ra, Duterte hukumat tepasiga kelgandan buyon mamlakatda giyohvand moddalarga aloqador 3 mingga yaqin odam o‘ldirilgan. Jahon hamjamiyati prezidentning bu usulini bir necha marotaba qoraladi. BMTning inson huquqlari bo‘yicha ekspertlari Filippin hukumatining xatti-harakatlarini qoralashgan va bunday tartibsizliklarni bas qilishga chaqirishgan.
Mavzuga oid
09:02 / 11.06.2026
Qochqinlar soni rekord darajada: BMT yangi hisobotni e’lon qildi
08:45 / 09.06.2026
Ukraina Rossiyani BMTdan chiqish haqida o‘ylab ko‘rishga chaqirdi
08:10 / 09.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Filippin prezidentiga ta’ziya maktubi yubordi
15:38 / 08.06.2026