Jamiyat | 16:55 / 10.03.2018
15463
1 daqiqa o‘qiladi
Do‘kon sotuvchisi o‘zaro janjal tufayli xaridorga pichoq urdi
Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida jinoyat sodir bo‘ldi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.
Qayd etilishicha, 8 mart kuni soat 12.00larda Xo‘ja Ahror Valiy ko‘chasi 4-uyda yashovchi, shu uyning 1-qavatida joylashgan oziq-ovqat savdo do‘koni sotuvchisi, 1979 yilda tug‘ilgan S.A., shu savdo do‘konida o‘zaro janjal oqibatida, mast holda bo‘lgan 1991 yilda tug‘ilgan O.M.ning chap yelka qismiga pichoq bilan urib jarohat yetkazgan.
Natijada O.M. kasalxonaga yotqizilgan. S.A. qo‘lga olingan.
Mavzuga oid
10:34 / 23.09.2024
Chirchiqda kanalga tushib ketgan “Spark” chiqarib olindi
07:37 / 13.07.2024
Chirchiqda Janubiy Qozog‘iston universitetining filiali ochiladi
13:07 / 09.07.2024
Qashqadaryoda mast haydovchi YHX inspektorini pichoqlab qochdi. Inspektor vafot etgan
07:28 / 25.06.2024