Fan-texnika | 22:55 / 10.03.2018
10719
2 daqiqa o‘qiladi

Hyundai 8 o‘rindiqli gibrid krossover ishlab chiqarishga tayyorlanmoqda

Hyundai kompaniyasi yangi 8 o‘rindiqli Grand Santa Fe gibrid krossoverining qishki sinovlarini davom ettirmoqda. Fotojosuslar katta o‘lchamli krossover gibrid kuch qurilmasi bilan jihozlanishini aniqlashgan. Sinov vaqtidagi fotosuratlar Carscoops nashri tomonidan namoyish qilingan.

Yangi mashinaning sinov prototipi niqoblanganiga qaramasdan, ba'zi xulosalar chiqarishga imkon beruvchi detallarni ko‘rish mumkin. Modelning old qismi dizayni bo‘yicha yangi Hyundai Santa Fe modeliga o‘xshash bo‘ladi. Unda ham ingichka diodli faralar bo‘ladi, ular ostida tumanga qarshi va kunduzgi yurish chiroqlari bloki hamda katta radiator panjarasi joylashadi.

Niqob orqali vertikal faralarni ko‘rish mumkin. Ehtimol, kompaniya bunday dizaynni yangi krossover Santa Fe’dan farqlanib turishi uchun tanlagan bo‘lishi mumkin. Shuningdek, mashinaning orqa tayanchlari Santa Fe’nikiga qaraganda vertikalroq ko‘rinish olgan. Bu esa uchinchi o‘rindiqlar qatorini joylashtirish imkonini bergan.  

Yangi Hyundai o‘zi yasalgan platformani hozirda sinovlar bosqichida bo‘lgan Kia Telluride bilan birga bo‘lishadi. Bu ikki yangi model elektrlashtirilgan kuch qurilmasi bilan debyut qiladi.

Yangi mashinaning jahon namoyishi 2019 yilda bo‘lib o‘tishi mumkin. Mashina asosan AQShda sotiladi.

Hyundai shuningdek Santa Fe’ning gibrid versiyasini chiqarmoqchi. Umuman olganda kompaniya 2020 yilgacha 15 ta elektrlashtirilgan model yaratishni rejalashtirgan.    

Mavzuga oid