Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘iston va BAA o‘rtasida vizasiz rejim to‘g‘risidagi bitim kuchga kirdi
Bugundan Qozog‘iston va Birlashgan Arab Amirliklari o‘rtasida o‘zaro vizasiz safarlar haqidagi bitim kuchga kirdi.
Qozog‘istonliklar BAAda 30 kungacha qolishlari mumkin, ammo bu muddat buzilgan taqdirda ular jarimaga tortiladi.
Kirish vaqtida amal qilish muddati 6 oydan kam bo‘lmagan pasportni ko‘rsatish talab etiladi. Ayollarga erkaklarsiz Birlashgan Arab Amirliklari hududiga kirishga ruxsat beriladi, bunda ularning qonun bo‘yicha javobgarlikka tortilishi mumkin bo‘lgan yoshga yetgani muhimdir, biroq voyaga yetmagan bolalarga ularning ota-onalari hamroh bo‘lishi lozim. Agar bola ularsiz sayohat qiladigan bo‘lsa, chiqishga rozilik haqida tegishli ishonchnoma kerak.
Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligidan ta'kidlashlaricha, Amirliklarda ishga joylashmoqchi bo‘lganlar uchun vizasiz rejim amal qilmaydi. Biroq, muzokaralar va ish uchrashuvlari o‘tkazishga ruxsat beriladi.
Mavzuga oid
18:00 / 19.06.2026
BAA 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarning ijtimoiy tarmoqlarga kirishini taqiqladi
14:10 / 17.06.2026
O‘zbekiston va BAA strategik sheriklik doirasida yangi loyihalarni amalga oshiradi
09:45 / 13.06.2026
Eronning milliardlab dollarlik mablag‘lari atrofida bahs kuchaydi
14:06 / 25.05.2026