Jahon | 23:10 / 10.03.2018
10637
1 daqiqa o‘qiladi

Latviyada Davlat daromadlari xizmati rahbari jonsiz holda topildi

Foto: Gorod.lv

Latviyada Davlat daromadlari xizmati bosh direktori Ilze Tsirule vafot etdi. 53 yoshli davlat xizmatchisining jasadi uning uyida hech qanday zo‘ravonlik alomatlarisiz topilgan. 

Ayol amaldorning vafoti sababi noma'lumligicha qolmoqda. Politsiya vakilining aytishicha, sud-tibbiyot ekpertizasi belgilanadi.

Latviya moliya vazirligi vakili Arno Pyatkinning aytishicha, Davlat daromadlari xizmati bosh direktori vazifalarini vaqtinchalik bajaruvchi shaxs 12 mart kuni tayinlanishi mumkin. Shu kuni moliya vazirining Davlat daromadlari xizmati rahbariyati bilan uchrashuvi belgilangan. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid