Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Toshkentga qaytib keldi
Foto: Prezident matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi prezidentining Tojikiston Respublikasiga davlat tashrifi nihoyasiga yetdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda.
“Tojikiston davlati va xalqining bu voqeadan xursandligi butun tashrif davomida, har bir jabhada yaqqol sezilib turdi”, - deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, Shavkat Mirziyoyevni Dushanbe xalqaro aeroportiga Imomali Rahmonning o‘zi kuzatib qo‘ydi. Bu ham protokolda ko‘zda tutilmagan, ilgari kuzatilmagan holat bo‘ldi.
Shavkat Mirziyoyev Tojikiston prezidentiga qanday sovg‘a berganini aytdi
Eslatib o‘tamiz, tashrif chog‘ida prezidentlarning yakkama-yakka uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston va Tojikiston rasmiy delegatsiyalari ishtirokida kengaytirilgan tarkibdagi uchrashuvda hamkorlikning boshqa muhim masalalari ham ko‘rib chiqildi. Muzokaralar yakunida ikki mamlakat rahbarlari O‘zbekiston Respublikasi bilan Tojikiston Respublikasi o‘rtasida Do‘stlik va yaxshi qo‘shnilikni mustahkamlash to‘g‘risidagi Qo‘shma bayonot, O‘zbekiston – Tojikiston davlat chegarasining alohida uchastkalari to‘g‘risidagi shartnomani imzoladilar. Bundan tashqari, savdo, iqtisodiyot, investitsiya, moliya, transport va tranzit, qishloq xo‘jaligi, suv-energetika, soliq, bojxona, turizm, fan-ta'lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, xavfsizlik va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohalaridagi hamkorlik hamda hududlararo aloqalarni rivojlantirishga doir 27 hujjat imzolandi.
Mavzuga oid
12:40 / 26.12.2025
“Toshkent–Samarqand” yo‘nalishida yuqori tezlikdagi poyezdlar uchun yangi liniya quriladi
23:34 / 25.12.2025
Toshkent shahri uchun dizayn-kod ishlab chiqildi
16:25 / 25.12.2025
“O‘zavtoyo‘l” binosi 242 mlrd so‘mga sotildi
11:56 / 25.12.2025