18-20 sentabr kunlarida AQŞ safarida bölgan Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Toşkentga qaytib keldi.
Prezident mingan samolyot Toşkent vaqti bilan soat 20:00da poytaxtdagi xalqaro aeroportga qöngan.
Uşbu taşrif har jihatdan samarali ötdi deyiş mumkin. Prezident BMT Boş kotibi, Bolgariya prezidenti, Gruziya Boş vaziri, Jahon Banki prezidenti, BMTning Inson huquqlari böyiça Oliy komissari, Xalqaro Valyuta fondi boşqaruvçi direktori bilan suhbatlaşib, Özbek-AQŞ biznes forumida iştirok etdi. Şuningdek, prezident Nyu-Yorkda istiqomat qilayotgan özbekistonliklar bilan uçraşdi.
Uçraşuvlarda Özbekiston istiqboli uçun muhim ahamiyatga ega hujjatlar imzolandi.
Xususan, Özbekiston Respublikasi Investitsiyalar böyiça davlat qömitasi tomonidan Amerika — Özbekiston savdo palatasi bilan hamkorlikda Nyu-Yorkda taşkil etilgan Özbekiston — AQŞ biznes forumida AQŞning 100dan ortiq kompaniyalari rahbarlari iştirok etdi. General Electric, Honeywell, ExxonMobil, CNH Industrial, John Deere, Coca-Cola, Boeing, Caterpillar, City Group, Visa, AGCO, Gilead Sciences kabi yirik korporatsiyalar şular jumlasidan.
Forum şö'balaridagi muzokaralarda ikki tomonlama iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlaş, Özbekistonda qulay investitsiyaviy muhitni şakllantiriş hamda sanoat, infratuzilma, turizm, fan va ta'lim sohalarida qöşma loyiha va dasturlarni amalga oşiriş masalalari qizğin muhokama qilindi.
Amerikalik iştirokçilar Özbekistonda valyutani tartibga soliş tizimiga bozor mexanizmlarini joriy qiliş, bank-moliya tizimini mustahkamlaş, biznesning soliq yukini qisqartiriş, investorlar uçun, jumladan, respublikada taşkil etilgan yangi erkin iqtisodiy zonalar doirasida qöşimça imtiyoz va preferensiyalar beriş böyiça amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlarni yuksak baholadilar.
Tadbir yakunida AQŞ kompaniyalari bilan umumiy qiymati 2,6 milliard dollarga teng bölgan yirik hujjatlar töplami imzolandi.
Jumladan, General Electric va Honeywell korporatsiyalari bilan neft-gaz va neft-kimyo sohalarida, CNH Industrial, John Deere va Caterpillar kompaniyalari bilan maşinasozlik sohasida, OSI Systems va Lutron kompaniyalari bilan elektrotexnika sohasida, Boeing kompaniyasi bilan fuqaro aviatsiyasi sohasida istiqbolli qöşma loyihalarni amalga oşiriş böyiça kelişuvlar imzolandi.
Şuningdek, Toşkent şahrida Vebster universiteti filialini oçiş töğrisida kelişuv imzolandi. Bu AQŞ oliy öquv yurtining MDH mamlakatlaridagi birinçi tölaqonli filiali böladi.











