O‘zbekiston | 15:45 / 10.03.2018
7574
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonning yangi elchisi Ostonaga uchib ketdi

Foto: UzReport

2018 yilning 10 mart kuni O‘zbekiston Respublikasining Qozog‘iston Respublikasidagi favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan Saidikrom Niyozxo‘jayev Toshkent shahridan Ostona shahriga jo‘nab ketdi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar bermoqda.

U shu kunga qadar Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

S.Niyozxo‘jayev ma'lumoti bo‘yicha muhandis-quruvchi, TIVga kelguniga qadar O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Devoni va hukumat tuzilmalarida mas'ul lavozimlarda ishlagan, jumladan davlat maslahatchisi o‘rinbosari, iqtisodiyot vazirining o‘rinbosari bo‘lgan.

Mavzuga oid