Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiyada 2011 yilgi vayronkor zilzila qurbonlari xotirlandi
Butun Yaponiya bo‘ylab 11 mart kuni 2011 yilda yuz bergan 9,0 magnitudali vayronkor zilzilaning 7 yilligida qurbonlarni xotiralash tadbirlari bo‘lib o‘tdi. O‘sha mash'um zilzila 17 ming kishining hayotini olib ketgan va “Fukusima” atom elektr stansiyasidagi falokatga olib kelgan.
Mahalliy vaqt bilan 14:46da (Toshkent vaqti bilan 10:46da) qurbonlar xotirasiga bir daqiqalik sukut saqlash e'lon qilindi.
Mamlakat bosh vaziri Sindzo Abe va imperator oilasi a'zolari Tokiodagi tadbirlarda ishtirok etishgan.
Marosimda Abe mamlakat hukumati barcha jabrlanganlar odatiy hayotga qaytishlari uchun ishlar olib borayotganini aytdi. Uning aytishicha, joriy bahorda tiklash ishlari 90 foizga yakunlanadi.
Abening ta'kidlashicha, Yaponiya o‘sha mash'um fojiadan saboq chiqarib, istalgan fojialarga qarshi tura oluvchi davlatga aylanmoqchi.
Mavzuga oid
20:40 / 27.06.2026
Yaponiyada noqonuniy yashab kelgan O‘zbekiston fuqarosi deportatsiya qilindi
16:44 / 22.06.2026
Yaponiya viza narxini besh barobarga oshiradi
18:57 / 15.06.2026
Yaponiya O‘zbekistonda energiya samaradorligini oshirish uchun 230 mln dollar kredit ajratadi
08:43 / 11.06.2026