Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Arsenal» yirik g‘alabaga erishdi
Foto: Premer liga
«Arsenal» Angliya Premer-ligasining 30-turida «Uotford»ni qabul qildi. Londondagi «Emireyts — Eshberton Grouv» stadionida kechgan uchrashuv maydon egalarining 3:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
«Arsenal» o‘yinning 8-daqiqasidayoq hisobda oldinga chiqib oldi. Shkodran Mustafi to‘p uchun kurashda ustun kelib, boshi bilan darvozani ishg‘ol qildi.
Ikkinchi bo‘limda londonliklar klubi yana ikki gol urishdi. Avvaliga «Uotford» darvozabonini Per-Emerik Obameyyang ranjitdi, 3 daqiqa o‘tib, Troy Dini penaltidan unumli foydalana olmadi, ko‘p o‘tmay Genrix Mxitaryan Obameyangning pasini golga aylantirdi.
30 turdan keyin «Arsenal» ochkolari sonini 48taga yetkazgan va APL turnir jadvalida oltinchi o‘rinda joylashgan. «Uotford» 36 ochkosi bilan 10-o‘rinda.
Angliya chempionati
30-tur
Arsenal – Uotford 3:0 (1:0, 2:0)
Gollar: 1:0 – 8 Mustafi, 2:0 – 59 Obameyang, 3:0 – 77 Mxitaryan.
Arsenal – Chex, Holding, Mustafi (Chembers, 73), Kolashinats, Meytlend-Naylz, El-Nenni, Chaka, O‘zil, Mxitaryan (Uilsher, 78), Ivobi (Uelbek, 66), Obameyang.
Uotford – Karnezis, Mariappa, Predl, Xolebas, Femeniya (Xyuz, 62), Pereyra (Okaka Chuka, 67), Kapu, Risharlison, Dukure, Yanmat (Britos, 80), Dini.
Ogohlantirishlar: Mustafi (55), Xolebas (66), Chaka (90).
Mavzuga oid
11:59
APLda poyga qizimoqda. Kun o‘yinlari
11:04 / 21.12.2025
Mbappe Ronalduning rekordini takrorladi, Holand yangiladi. Kun o‘yinlari
14:34 / 14.12.2025
Saloh qaytdi va rekord o‘rnatdi, «Arsenal» va «Barsa»da qiyin g‘alaba
11:57 / 11.12.2025