Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fotoreportaj: Andijonda Qur'on musobaqasining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi
Andijon shahridagi “Toshkent premium” hamda “Andijon” tantanalar saroyida “O‘zbekiston Qur'on musobaqasi-2018”ning viloyat bosqichi o‘tkazildi.
Musobaqaning 1-bosqichida 1200 nafarga yaqin andijonlik qori va qoriyalar ishtirok etib, viloyatning shahar va tumanlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 27 nafar erkak va 17 nafar ayol-qizlar Respublika musobaqalariga yo‘llanma olish uchun bellashishdi.
Tadbir avvalida viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov, viloyat bosh imom-xatibi Nuriddin Holiqnazarov hamda O‘zbekiston Musulmonlar Idorasi vakillari ishtirokchilar oldida so‘zladilar.
Hifz va tilovat yo‘nalishidagi qorilar o‘rtasidagi bellashuvlar “Toshkent premium” binosida, qoriyalar o‘rtasidagi musobaqalar esa “Andijon” tantanalar saroyidagi ko‘plab tamoshabinlar ishtirokida o‘tkazildi.
Musobaqani jonli tarzda kuzatib borishni xohlaganlar uchun har ikki bino tashqarisiga katta ekranlar o‘rnatildi.
KUN.UZ muxbiri Elmurod Ermatov, Andijon
Mavzuga oid
11:44 / 06.04.2026
Andijon viloyati hokimi o‘rinbosari 50 ming dollar bilan ushlandi
09:17 / 21.03.2026
Andijon viloyatida «Quruq port» quriladi
09:20 / 03.03.2026
819 mln so‘mlik oltinni chegaradan yashirincha olib o‘tishga uringanlar ushlandi
13:24 / 28.02.2026