Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 07:32 / 11.03.2018
9559
1 daqiqa o‘qiladi
Tramp keyingi saylov kampaniyasi shiori qanday bo‘lishini ma'lum qildi
Foto: EPA-EFE
AQSh prezidenti Donald Tramp Pensilvaniya shtatidagi chiqishida uning 2020 yilgi prezident kampaniyasi shiori “Amerikaning buyukligini saqlab qolamiz!” qabilida bo‘lishini, chunki u AQShga avvalgi buyuklikni qaytarganini aytgan. Trampning 2016 yilgi saylovoldi shiori “Amerikani yana buyuk qilamiz!” kabi yangragan.
“Saylovoldi poygasini boshlaganimizda yangi shiorimiz “Amerikaning buyukligini saqlab qolamiz!” bo‘ladi”, deb aytgan Tramp va shior “aynan undov belgisi” bilan bo‘lishini qo‘shimcha qilgan.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish