Jahon | 22:40 / 12.03.2018
10781
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh Suriyaga yana zarba berish bilan tahdid qildi

Foto: RIA Novosti/Mixail Alayeddin

BMT Damashq yaqinidagi Sharqiy G‘utada janglar to‘xtatilishiga erisha olmasa, unda AQSh Suriyaga yana zarbalar berishi mumkin. Bunday ogohlantirishni AQShning BMTdagi doimiy vakili Nikki Xeyli Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida ma'lum qilgan.

“Bu biz istayotgan yo‘l emas, biroq bu, namoyish qilganimizdek, biz tanlaydigan yo‘l”, deb aytgan Xeyli.

U 2017 yil aprelda AQSh Suriya hukumati qo‘shinlari aviabazasiga zarba berganini eslatib o‘tgan. O‘shanda g‘arb davlatlarining ta'kidlashicha, bu aviabazadan Xon-Shayxun shahriga kimyoviy hujumni amalga oshirish uchun samolyotlar ko‘tarilgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid