Osiyoning eng yaxshi ayol kurashchisi O‘zbekistonda
2017 yil yakunlari bo‘yicha Osiyo–Okeaniya Kurash Konfederatsiyasi yilning eng yaxshilari bo‘yicha qator nominatsiya g‘oliblarini e'lon qilgan edi. “Yilning eng yaxshi ayol kurashchisi” nominatsiyasida Xitoy Taypeyi Kurash federatsiyasi vakilasi Yang Hsiyen-tzu g‘oliblikni qo‘lga kiritgan.
Yang Hsiyen-tzu 1985 yil 19 mart kuni Xitoy Taypeyining Tyunan shahrida tug‘ilgan bo‘lib, ikki karra jahon chempioni sanaladi.
Joriy yil 22-25 mart kunlari Hindistonning Puna shahrida kurash bo‘yicha Osiyo chempionati va 18 avgust - 2 sentabr kunlari Indoneziyaning Jakarta shahrida bo‘lib o‘tadigan Yozgi Osiyo o‘yinlariga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida Xitoy Taypeyi terma jamoasi Toshkent shahrida o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini o‘tkazmoqda.
Mazkur o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlari O‘zbekiston milliy terma jamoasi a'zolari bilan birgalikda o‘tkazilmoqda. Mamlakat vakillari ikkita tarkibda jalb qilingan.
– Kurash vataniga kelganimdan mamnunman, - deydi Yang Hsiyen-tzu. –Kurash o‘zining jozibadorligi bilan meni o‘ziga rom etgan, ushbu sport turi irodamni sinovdan o‘tkazishga yordam beradi. Jamoamiz a'zolarining kurashni dunyoga taqdim etgan O‘zbekistonga hurmati juda baland.
O‘quv yig‘in mashg‘ulotlari 20 mart kuni yakuniga yetishi va polvonlar 21 mart kuni Hindistonga uchib ketishi rejalashtirilmoqda, deb xabar berdi KSAO matbuot xizmati.
Mavzuga oid
08:35 / 24.05.2024
Har bir viloyat markazida Kurash mahorat maktablari tashkil etiladi
14:47 / 09.08.2023
Osiyoda ishlab chiqarilgan mahsulotlar narxi ishchi kuchi yetishmayotgani sababli oshishi mumkin - WSJ
13:35 / 29.04.2023
IIV tarkibida sport kurashlari bo‘yicha maktab faoliyati tashkil etiladi
19:36 / 13.03.2023