Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«O‘zbekiston havo yo‘llari» samolyoti favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi
2018 yilning 11 martida Moskva-Buxoro yo‘nalishi bo‘yicha 608-sonli HY 608 qatnovini bajarayotgan Boeing 767 havo kemasi yo‘lovchilardan birining salomatligi yomonlashgani bois, Samara shahri aeroportiga favqulodda qo‘ndirildi. Bu haqda MAK axborot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, «Kurumoch» aeroportida O‘zbekiston fuqarosiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatildi va Samara shahridagi klinikalardan biriga joylashtirilgan.
«O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasining Boeing 767 layneri ekipaji mahalliy vaqt bilan soat 19:15da belgilangan yo‘nalish bo‘yicha parvozlarni amalga oshirdi va Toshkent vaqti bilan 22:41da «Buxoro» xalqaro aeroportiga qo‘ngan.
Mavzuga oid
18:11 / 20.06.2026
Tramp Qatar sovg‘a qilgan 400 mln dollarlik yangi samolyotni namoyish qildi
08:00 / 06.06.2026
Airbus 22 soatgacha parvoz qila oladigan samolyotni sinamoqda
20:07 / 27.04.2026
Boeing dunyodagi eng katta va qudratli ikki dvigatelli yuk samolyotini taqdim etdi
20:48 / 05.04.2026