Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda 41 mln so‘mlik zargarlik buyumlarini o‘zlashtirib yuborishdi
Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida jinoyat sodir bo‘ldi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.
Qayd etilishicha, 10 mart kuni tuman IIBga tushgan hujjatlarga ko‘ra 2018 yil yanvar oyidan 16 fevral kuniga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumani A.Temur ko‘chasida yashovchi, 1992 yilda tug‘ilgan U.R. Jangoh ko‘chasida joylashgan “Chorsu” bozoridagi “Gold” nomli do‘konga kelib, shu do‘koni sotuvchisi, 1977 yilda tug‘ilgan D.G.ga “umumiy qiymati 41.573.000 so‘mlik turli xildagi zargarlik buyumlaringizni sotib beraman” deb, firibgarlik yo‘li bilan zargarlik buyumlarni olib ketganligi ma'lum bo‘lgan.
Mazkur holat yuzasidan U.R.ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga oid
10:25 / 18.06.2026
Toshkentning yangi xalqaro aeroportini qurish bo‘yicha DXSh bitimi imzolandi
11:35 / 17.06.2026
Toshkent dunyoning eng tez o‘zgarayotgan shaharlari qatoriga kirdi
16:28 / 13.06.2026
Toshkentda yo‘l talashgan haydovchi ikkinchi haydovchiga tayoq bilan hujum qildi
20:06 / 10.06.2026