O‘zbekiston | 20:30 / 14.03.2018
20775
2 daqiqa o‘qiladi

Namanganda rekord miqdorda sumalak tayyorlanadi

20 - 21 mart kunlari Namangan shahridagi Bobur bog‘ida Navro‘z umumxalq bayramiga bag‘ishlangan juda katta tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.

Tadbirning asosiy qismida, katta doshqozonda 5 tonnalik, rekord miqdordagi sumalak pishirilishi ko‘zda tutilgan.

Bayram dasturidan san'atkorlar va qiziqchilarning katta sahnada chiqishlari, dorbozlar va masxarabozlarning tomoshalari joy olgan.

Bundan tashqari, oshpazlar o‘rtasida «Osh tanlovi», pazandalar o‘rtasida «Tandir shou» tanlovi o‘tkaziladi. Unda oshpaz va pazandalar osh pishirish, tandir somsa, non va patir yopish orqali o‘z mahoratini namoyish qilishadi.

Bolajonlar uchun ham turli tadbirlar va ko‘rgazmalar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan. Xususan, qafasda boqiladigan qushlar konkursi, akvarium baliqlari ko‘rgazmasi va varrak uchirish bo‘yicha tanlov o‘tkaziladi.

Ayni paytda, tadbirning qiziqarli va maroqli o‘tkazish uchun tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid